Portal haqida

Davlat xaridlari tushunchasi

Davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta’minlash jarayoni.

Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari

Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik;
asoslanganlik;
moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
raqobat va xolislik;
mutanosiblik;
davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llanilishi kerak.

Davlat xaridlarini amalga oshirish turlari

Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:
elektron do‘kon;
boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion; eng yaxshi takliflarni tanlash;
tender;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ruxsat etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari.

Savdo platformalari

• elektron do‘kon;
• boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion;
• eng yaxshi takliflarni tanlash;
• elektron tender.

Ish tartibi

Tezkor xarid ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Tushlik vaqti soat 13:00 dan 14:00 gacha. Savdo platformalari 7/24 rejimda ishlaydi.

© 2024 Barcha huquqlar himoyalangan.